Yangi O'zbekiston bosib o'tayotgan yo'l

    O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O'zbekiston” gazetasi bosh muharriri Salim Doniyorovning savollariga javoblari keng jamoatchilik — davlat va jamoat arboblari, Qonunchilik palatasi deputatlari, Senat a'zolari, ijodkor ziyolilar, madaniyat va san'at vakillari, umuman, xalqimiz tomonidan katta qiziqish va e'tibor bilan o'rganilmoqda.

    Yangicha boshqaruv, yangi strategiya va

    yangi imkoniyatlar

    Bugun O'zbekiston o'z mustaqil taraqqiyotining sifat jihatdan yangi bosqichiga qadam qo'ydi. Bu yo'lda u jahonning ko'plab mamlakatlari va yirik xalqaro tashkilotlari bilan turli sohalarda samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Xususan, xorijiy davlatlar bilan do'stona hamda o'zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish borasida muhim natijalarga erishilyapti.

    Aytish mumkinki, davlatimiz rahbari bugungi kunda nafaqat O'zbekiston, balki Markaziy Osiyoning farovonligi uchun jon kuydirayotgan, mintaqani sanoati rivojlangan, obod va dunyo bilan keng integratsiyalashgan hududga aylantirish orzusi bilan yashab, shunga monand mehnat qilayotgan etakchi sifatida namoyon bo'lmoqda.

    Qisqa davr ichida O'zbekiston xalqi mamlakatimizning jahon hamjamiyatida munosib o'rin egallashiga asos bo'luvchi ulkan yutuqlarni qo'lga kiritdi. SHunga monand ravishda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan boshlangan islohotlar va modernizatsiya jarayoni, jumladan, qo'shni mamlakatlar bilan aloqalarni mustahkamlash bo'yicha siyosatni dunyo hamjamiyati e'tirof etmoqda.

    Prezidentimizning “Yangi O'zbekiston” gazetasi bosh muhariri bilan suhbatida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik o'zgarishlar, tashqi va mintaqaviy siyosati haqida batafsil so'z yuritilgan. Yana bir muhim xususiyati shundaki, unda Yangi O'zbekiston — demokratiya, inson huquq va erkinliklari borasida umume'tirof etilgan norma va printsiplarga qat'iy amal qilgan holda, jahon hamjamiyati bilan do'stona hamkorlik tamoyillari asosida rivojlanadigan, pirovard maqsadi xalqimiz uchun erkin, obod va farovon hayot yaratib berishdan iborat bo'lgan davlat ekani alohida qayd qilingan.

    Bu demokratik o'zgarishlar esa kimlargadir yoqish, maqtanish, turli reytinglarga kirish uchun emas, balki xalqimiz, avvalambor, yosh avlodimizning bugungi hayoti va ertangi istiqbolini o'ylab, milliy manfaatlarimiz yo'lida amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, “inson huquq va erkinliklari”, “qonun ustuvorligi”, “ochiqlik va oshkoralik”, “so'z erkinligi”, “din va e'tiqod erkinligi”, “jamoatchilik nazorati”, “gender tenglik”, “xususiy mulk daxlsizligi”, “iqtisodiy faoliyat erkinligi” singari fundamental demokratik tushunchalar va hayotiy ko'nikmalar hozirgi vaqtda real voqelikka aylanib borayotgani e'tiborlidir.

    Yangi O'zbekiston iborasida haqida to'xtalganda, eng avvalo, yangicha iqtisodiy munosabatlar, yangicha iqtisodiy dunyoqarash ko'z oldimizda gavdalanadi. O'tgan besh yilda bu borada qilingan ishlarni sanab adog'iga etolmaysiz. endi ko'p yillardan buyon odamlarni qiynab kelgan elektron kartochkadagi pullarni bankomatlar orqali naqd pulga aylantirish, milliy valyuta kursining “qora bozor”da — bir xil, banklarda esa boshqacha bo'lishi, xorijiy val yutalarni sotib olish, fuqarolikka ega bo'lish, O'zbekistonning istalgan hududidan uy-joy va mol-mulk sotib olish hamda ularni ro'yxatga qo'yish bilan bog'liq qator muammolar tarixda qoldi.

    So'nggi besh yilda davlatimiz rahbarining mustahkam siyosiy irodasi tufayli tadbirkorlar o'z biznesini rivojlantirish uchun erkinlik va yangi- yangi imkoniyatlarga ega bo'lmoqda, dehqon va fermerlar, klaster xo'jaliklari o'zlari etishtirgan hosilning haqiqiy egasiga aylanmoqda. Bularning barchasi Prezidentimizning Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yo'lida tunu kun tinim bilmasdan, bor bilim va tajriba, kuch va imkoniyatlarini safarbar etayotgani hamda bu jarayon tobora kuchayib, yangi sifat bosqichiga ko'tarilib borayotganidan dalolat beradi.

    Suhbatda mamlakatimiz qishloq xo'jaligi bo'yicha ulkan salohiyatga, qadimiy tajriba va boy an'analarga egaligi, ammo uzoq vaqt mobaynida ushbu tarmoqda bozor iqtisodiyotiga xos yondashuv va moddiy rag'batlantirish mexanizmlari joriy etilmagani, uni rivojlantirishga mablag' va ilmiy innovatsiyalar etarlicha jalb qilinmagani haqida ham so'z yuritilgan. Bu esa endi aqlimizni, intellektual salohiyatimizni, bilim va tajribamizni oshirishimiz, aynan ana shu omillarni iqtisodiy o'sish nuqtalari va resurs manbalariga aylantirish lozimligini anglatadi.

    Prezidentimiz ta'kidlaganidek, bu nimaning hisobidan bo'ladi? Albatta, bunga bilim va tajriba, tinimsiz o'qib-o'rganish, izlanish, yangilikka intilish, yuqori texnologiyalarni joriy etish, islohotlarni samarali olib borish hisobidan erishish mumkin. Shu sababli yurtimizda agrar sektorni yalpi va tizimli transformatsiya qilish boshlandi. Ushbu sohani iqtisodiyotning asosiy drayverlaridan biriga aylantirish — bosh maqsad bo'lib, shu maqsadda 2020-2030-yillarga mo'ljallab ishlab chiqilgan Qishloq xo'jaligini rivojlantirish strategiyasida tarmoqni rivojlantirish borasidagi asosiy vazifalar aniq-ravshan belgilab qo'yildi.

    Xususan, qishloq xo'jaligi, oziqovqat sektori va qishloqlarni yaqin o'n yilda jadal taraqqiy ettirish rejasi ko'zda tutildi. Agrar sohada ishlarni butunlay yangi asosda tashkil etish orqali tarmoqning samaradorligi va raqobatdoshligini oshirish, ushbu yo'nalishda minglab yangi ish o'rinlari yaratish va qishloq joylarda odamlarning hayot darajasini yuksaltirish sari muhim qadamlar qo'yilmoqda.

    Albatta, 35 milliondan ortiq aholiga ega bo'lgan, o'tgan davrda ko'plab muammolar to'planib qolgan mamlakatning taqdiri va kelajagini belgilash borasida to'g'ri yo'l tanlash – bu davlat rahbaridan ulkan aql-zakovat, bilim va tajriba, mustahkam iroda, jasorat va azmu shijoatni talab etadi. Ayni vaqtda tanlangan rivojlanish yo'lini ijtimoiy institutlar, ta'sirchan mexanizmlar orqali hayotga tatbiq etish, odamlarni islohotlarning maqsadi va natijasiga ishontirish, butun jamiyatni ruhlantirib, ulug' maqsadlar sari safarbar eta olish – yanada murakkab vazifa, desak, har tomonlama to'g'ri bo'ladi.

    Bularning barchasi O'zbekiston o'z milliy taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qo'ygan keyingi yillarda Prezidentimiz tomonidan siyosiy-ijtimoiy makonda amalga oshirilayotgan sa'y-harakatlar keng ko'lam kasb etib, Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yo'lida tunu kun tinim bilmasdan, bor bilim va tajriba, kuch va imkoniyatlar safarbar etilayotganidan hamda bu jarayon tobora kuchayib, yangi sifat bosqichiga ko'tarilib borayotganidan dalolat beradi.

    Ta'kidlash joizki, tarixiy jarayonlarning qaynoq izlarini o'zida mujassam etgan ushbu keng qamrovli maqola mard va olijanob xalqimiz Prezident SHavkat Mirziyoev rahbarligida keyingi yillarda qanday og'ir va mashaqqatli, shu bilan birga, sharafli rivojlanish yo'lini bosib o'tayotganini, o'z kuchi, o'z salohiyati bilan yangi O'zbekiston davlatini barpo etayotganini bamisoli ko'zgudek yorqin aks ettiradi.

    Bugun barcha vatandoshlarimiz boshlangan yangicha islohotlarni yanada shiddat bilan davom etishini istaydi, desak aslo mubolag'a bo'lmaydi. SHavkat Mirziyoev esa yangi O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar muallifidir.

    Xalqimiz, saylovchilarimiz oldida 2016 yil dekabrdagi Prezidentlik saylovoldi dasturida belgilangan vazifalar to'la-to'kis ijro etilishi yuzasidan hisobdormiz. Saylovoldi dasturidagi eng muhim yo'nalishlar 2017–2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi asosida besh yil davomida muvaffaqqiyatli amalga oshirib kelinmoqda.

    Har bir sohada mazkur strategiyasiga muvofiq, davlat va jamiyat qurilishi, sud-huquq tizimini takomillashtirish, ma'muriy islohotlarni amalga oshirish, iqtisodiyotni e r k i n l a sh t i r i sh , qulay ishbilarmonlik va investitsiyaviy muhitni shakllantirish, o'zaro manfaatli tashqi siyosatni amalga oshirish bo'yicha tizimli choralar ko'rildi. Bu ishlarda shaxsan davlatimiz rahbari bosh-qosh bo'lib kelyapti.

    Ilgari o'n yilliklar davomida paysalga solib, sodda qilib aytganda, bekitib aytilmagan, odamlarimizni qiynab kelgan muammolarning qopqoqlari ochildi. Bugun kambag'allikni qisqartirish xususida oddiy bir holatday gapiryapmiz. Lekin o'z davrida ushbu muammoni tan olish oson bo'lmaganini rahbarimizning o'zlaridan ko'p bora eshitganmiz. “Yopiq mavzu” bo'lgan bu masala ham endilikda tizimli echimini topib bormoqda. Hukumat ish uslubini tubdan o'zgartirdi. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish, Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirliklari tashkil etildi. Kambag'allikdan chiqarish siyosati davlat siyosati darajasiga ko'tarildi.

    “Obod qishloq” dasturi doirasida Manas qishlog'idan boshlangan ezgu tashabbus, eng chekka hududdagi qishloqlargacha kirib bordi bugun. 2017–2020-yillarda 5 million aholi yashaydigan 1 ming 200 ta mahalla va qishloq qiyofasi tubdan o'zgargan bo'lsa, joriy yilda bu dasturning ko'lami bir necha bor kengayib, barcha tuman va shaharlardagi 8 mingga yaqin qishloq va mahallada 21 trillion so'mlik qurilish, ta'mirlash va obodonlashtirish ishlari dasturi amalga oshirilmoqda.

    Ayniqsa, tadbirkorlar, fermerlar uchun ham misli ko'rilmagan o'zgarishlar davri bo'ldi. Asossiz tekshiruvlarga chek qo'yildi, eksportyorlar rag'batlantirildi, ishbilarmonlik tashabbuslari to'liq qo'llab-quvvatlandi. O'tayotgan besh yil mamlakatimizni nafaqat ichki, balki tashqi siyosatini ham tubdan o'zgartirgan, jahonga Yangi O'zbekistonni kashf qilgan davr bo'ldi, desak to'g'riroq bo'ladi. Zero, yurtimizda kichik va xususiy biznes subyektlari soni keyingi paytda ikki barobar ko'paydi, ushbu tarmoqdagi 50 foizdan ziyod korxonalar faqat keyingi uch yilda tashkil etilgan. Chunki tadbirkorlar davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanmasa, ularga sharoit yaratib berilmasa, xususiy korxonalar sonini ko'paymasa, shahar va tumanlarning mahalliy byudjeti nochor ahvolda qolaveradi.

    Ushbu tarixiriy suhbatni o'qir ekanman, undagi quyidagi fikrlar e'tiborimni tortdi: “Barchamiz bir haqiqatni chuqur anglab olishimiz kerak: tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash — fuqarolar, xalqimiz farovonligini oshirishning eng samarali yo'li, Yangi O'zbekistonni barpo etishning pirovard maqsadidir. Bu sohadagi mavjud kamchilik va nuqsonlarni hal etishda mamlakatimiz hayotini yanada erkinlashtirish, ochiqlik va oshkoralik muhitini, jamoatchilik nazoratini kengaytirish muhim rol o'ynaydi, deb ishonaman”.

    Xulosa o'rnida aytganda, bugun O'zbekiston xalqaro tashkilotlar doirasida muntazam ravishda muhim tashabbuslar va siyosiy takliflarni ilgari surmoqda. Prezidentimiz amalga oshirayotgan ulug'vor ishlarni nafaqat xalqimiz qo'llab-quvvatlamoqda, balki dunyo hamjamiyati ham alohida e'tirof etmoqda. Bu mustaqil O'zbekistondagi yangicha boshqaruv, yangi strategiya va yangi imkoniyatlarning amaldagi yorqin namunasidir.

    Aktam HAITOV,

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

    Spikeri o'rinbosari

    Eskicha ishlash tarixga aylanyapti

    Keyingi yillarda yurtimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar negizida avvalo, xalqmizning farovon turmush tarzini yaratish, jahon hamjamiyatida Yangi O'zbekistonning nufuzini oshirish singari ustuvor vazifalar turganini inkor qilib bo'lmaydi.

    Davlatimiz rahbarining “Yangi O'zbekiston” gazetasi bosh muharriri bilan suhbatda ayni shu jihatlarga ham e'tibor qaratilib, oxirgi besh yilda yurtimizda barcha sohalarda qilingan amaliy ishlar to'liq bayon qilingan.

    Chunonchi, o'tgan davrda hududlarimizda amalga oshirilayotgan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturlari doirasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirildi. Birgina joriy yilning o'zida barcha tuman va shaharlardagi jami 7 ming 794 ta qishloq va mahallada umumiy qiymati 20,8 trillion so'mlik qurilish, ta'mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

    Yurtimizda aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash tizimi yo'lga qo'yilib, bu orqali har bir muhtoj insonga uning ehtiyojini hisobga olgan holda yordam ko'rsatilmoqda. endilikda ijtimoiy himoya tizimida saqlanib qolayotgan ayrim kamchilik va nuqsonlar bosqichma-bosqich bartaraf etiladi. Ushbu tizimni takomillashtirib, yaxshi natija beradigan, jamiyatdagi barcha sog'lom kuchlarni shu maqsad atrofida birlashtiradigan darajaga yetkaziladi.

    Bundan ko'rinib turibdiki, muhtoj fuqarolarni to'g'ridan-to'g'ri, aniq maqsad bilan moddiy qo'llab-quvvatlashga qaratilgan tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirishda asosiy e'tibor aholining kam ta'minlangan qatlamlariga dotatsiya berish emas, balki ularga daromad topish uchun zarur sharoit va imkoniyatlar tug'dirishga qaratilmoqda.

    Prezidentimiz keyingi yillarda erishilgan yutuqlar haqida to'xtalar ekan, jumladan, “propiska”, xorijga chiqish uchun “stiker”, majburiy mehnat, paxta va g'allaga davlat buyurtmasini belgilash kabi eski tartiblardan mutlaqo voz kechilganini misol keltirdi.

    Darhaqiqat, Toshkentga mamlakatning boshqa bir hududidan kelib ishga joylashish, yashash uchun kelganlardan avvalo, “propiska” so'ralardi. Shunday bo'lardiki, propiska sabab ishdan bo'shab ketganlar ham bo'ldi. Xorijga chiqib kelishda esa otangga bor, onagga bor qabilida byurokratik to'siqlar bo'lgani hamon yodimizda. Paxta yig'im terimi mavsumida o'quvchilarning terimga jalb etilishi uzoq yillar davom etgan yoqimsiz amaliyot edi. Natijasini ta'lim sifatining pasayishida va boshqa ko'plab jihatlarda ko'rish mumkin.

    Sirasini aytganda, so'nggi yillarda mamlakatimizda davlatimiz rahbari boshchiligida keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilayotgani, fuqarolarimiz ongu shuuurida hayotdan roziliklarini ko'rayotganimiz bor gap.

    Albatta, hali oldinda qilinadigan ishlarimiz salmog'i ko'p. Maqsadimiz jonajon Vatanimiz taraqqiyotga munosib hissa qo'shish va bu yo'lda bor tajribamiz va kuchimizni safarbar etishdir.

    Xayrullo GAPPAROV,

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

    Spikeri o'rinbosari

    Islohotlar xalqchil, natijalar samarador

    Yana sanoqli kunlardan so'ng biz eng ulug', eng aziz bayramimiz — Vatanimiz istiqlolining o'ttiz yilligini nishonlaymiz. Ta'bir joiz bo'lsa, biz Mustaqillik atalmish ulug' inshootimizga uch o'n yillik masofadan turib qaraymiz, xolisona baho beramiz, yutuqlaridan g'ururlanamiz, faxrlanamiz. Prezidentimiz “Yangi O'zbekiston” gazetasi bosh muharriri bilan suhbatida O'zbekiston xalqining mustaqillikka erishgan dastlabki davrlarga nazar tashlab, oson bo'lmaganligini, xalqimizning bukilmas irodasi va ulkan salohiyati bilan ulkan marralar zabt etilganligi, tarixan qisqa muddatda O'zbekiston konstitutsiyaviy davlat bo'lib barpo etilanganligi va unda uchta mustaqil tarmoq-qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari qaror topganligini alohida e'tirof etdi.

    Tan olaylik, istiqlol yillari, ayniqsa, shiddatli, baland sur'atli islohotlar bilan kechgan keyingi besh yil mobaynida mamlakatimiz chindan-da demokratik o'zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylandi. “YAngi O'zbekiston” degan tushuncha hayotiy voqelikka aylandi.

    Ushbu suhbatni mutolaa qilarkanman, ko'nglimda o'zim yashab turgan Vatan uchun iftixor hislari jo'sh urdi. Zero, shu yurt — hammamizniki. Uning yutuqlari, muvaffaqiyatlari, olamshumul zafarlari — har birimizni va barchamizniki!

    Albatta “Yangi O'zbekiston” g'oyasi o'z-o'zidan, yo'q joyda paydo bo'lib qolmadi. Bu g'oya tarixiy zarurat, ehtiyoj hosilasi bo'ldi. Prezidentimiz so'zlari bilan aytganimizda, “Yangi O'zbekistonni barpo etish — bu shunchaki xohish-istak, sub'ektiv hodisa emas, balki tub tarixiy asoslarga ega bo'lgan, mamlakatimizdagi mavjud siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy vaziyatning o'zi taqozo etayotgan, xalqimizning asriy intilishlariga mos, uning milliy manfaatlariga to'la javob beradigan ob'ektiv zaruratdir”.

    Shubhasiz, biz mana shunday yangi makon, yangi zamon bunyodkorlari safida bo'layotganimizdan mamnunmiz.

    Eng muhimi, bu mas'uliyatli jarayonda maqsad va unga eltar yo'llar aniq belgilab olinib, mamlakat miqyosida ulkan islohotlar amalga oshirildi. O'zgarishlarning barchasi adolat va yana adolat tamoyiliga qat'iy amal qilingan holda, hayotga tatbiq etildi. Islohotlarning ortga qaytmasligiga qat'iy ishonch paydo bo'ldi. Xalqning bunday ishonchi esa har sohada mo''jizalar yaratishga qodir.

    Barcha ijobiy o'zgarishlar avvalo odamlar turmush tarzida, kundalik hayotida yuz ko'rsatadi. O'zingiz bir tasavvur etib ko'ring, bundan olti-etti yil muqaddam majburiy mehnat, paxta va g'allaga davlat buyurtmasini belgilash kabi eski tartiblardan mutlaqo voz kechishni tasavvur etib bo'larmidi? Yoki elektron kartochkadagi pullarni bankomatlar orqali bemalol naqd pulga aylantirish, xorijiy valyutalarni banklardan istagancha sotib olish, fuqarolikka ega bo'lish, O'zbekistonning istalgan hududidan uy-joy va mol-mulk sotib olish hamda ularni ro'yxatga qo'yishni-chi? Tasavvur etib ham bo'lmasdi. Ammo bugun ular amaldagi voqelikka aylandi, vaholanki, Yurtboshimiz so'zlari bilan aytganimizda “bu bilan osmon uzilib, erga tushgani yo'q. Aksincha, byurokratiya, vazifani suiiste'mol qilish, tamagirlik ko'rinishlari kamayib, jamiyatimiz hayoti erkinlashdi, odamlar engil nafas ola boshladi”.

    Hayot erkinlashdi, odamlar engil nafas ola boshladi... SHu emasmi el manfaati yo'lida amalga oshirilgan islohotlarning asl mohiyat-mazmuni...

    etirof etamiz, biz yaxshi yashay boshladik. Tabiiyki, shunga mutanosib ravishda iste'mol talabimiz va ehtiyojlarimiz ham muttasil ortib boradi. Yerimiz, suvimiz singari resurslarimiz esa o'z-o'zidan ko'payib qolmaydi. Nima qilish lozim? Prezidentimiz o'z interv`yusida zamonaviy tamaddunning eng muhim, eng ustuvor jihatini qayd etadi: “ Binobarin, biz endi aqlimizni, intellektual salohiyatimizni, bilim va tajribamizni oshirishimiz, aynan ana shu omillarni iqtisodiy o'sish nuqtalari va resurs manbalariga aylantirishimiz shart”.

    Chindan ham, bilim va tajriba, tinimsiz o'qib-o'rganish, izlanish, yangilikka intilish, yuqori texnologiyalarni joriy etish, islohotlarni samarali olib borish evaziga YAngi O'zbekistonni jahon maydonida yanada kuchli salohiyat, munosib obro'-e'tiborga ega bo'lgan, har tomonlama obod va farovon mamlakatga aylantira olamiz.

    Shuningdek, Prezidentimiz mamlakat taraqqiyotining hozirgi bosqichida eng ustivor 6 ta vazifaga to'xtaldi. Shular ichida beshinchi ustvor vazifa sifatida “pandemiya davrida xalqimiznig sog'lig'i va hayotini asrash biz uchun eng muhim vazifa bo'lib qolmoqda” deb ta'kidlab, aynan shu maqsadda 2021-yil uchun davlat byudjetidan 3 trillion so'm zaxira shakllantirilganligi va ushbu mablag' hisobidan bugungi kunda tibbiyot sohasida juda ko'plab zarur chora tadbirlar amalga oshirilayotganligi atab o'tildi. Shuning bilan birga tibbiyot sohasida mavjud muammolar va ularning echimi bo'yicha o'z fikr mulohazalarini bildirdilar. Ayniqsa, tibbiyotning birlamchi bo'g'inini kuchaytirish, sohani kadrlar bilan ta'minlash masalasi ham asosiy vazifalardan biri ekanligiga to'xtalib o'tildi. Ayniqsa, joylarda etishmayotgan gemodializ, tibbiy diagnostika va reablitatsiya xizmatlari bo'yicha shifoxonalar yetishmayotganligi sabab davlat-xususiy sherikchiligini amaliyotga keng joriy etish masalalari o'ta dolzarbdir.

    Bir so'z bilan aytganda, Prezidentimizning mazkur interv`yusiz barcha sohalarda olib borilayotgan islohotlar va istiqboldagi dasturiamal rejalarning kontseptual asoslari deya baxolashimiz mumkin. Bizning zimmamizga yuklangan ulug'vor tarixiy vazifa esa — Yangi O'zbekiston bunyodkorlari qatorida bo'lish mas'uliyati va sharafini aslo unutmasdan mehnat qilamiz.

    Zuxra IBRAGIMOVA,

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

    Spikeri o'rinbosari,

    “Adolat” SDP fraksiyasi rahbari

    Yoshlar — xalqimizning asosiy tayanchi va suyanchi

    Mamlakatimiz rahbari qaerda so'zlamasin, ma'ruza qilmasin har doim ta'lim, tarbiya masalasiga alohida to'xtaladi. Chunki ta'lim, nafaqat yoshlar, kelajagi, balki o'tmishimiz, mentalitetimiz, buyuk qadriyatlarimiz bilan ham bog'liq.

    Davlatimiz rahbarining “Yangi O'zbekiston” gazetasi bosh muharriri bilan suhbatida ayni shu yo'nalishga ham alohida to'htalib o'tdi.

    “Hozirgi kunda yosh avlod vakillarining bilim olishi, ilm-fan, innovatsiyalar, adabiyot, san'at va sport sohasidagi iste'dod va salohiyatini yuzaga chiqarishi, ularning jamiyatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etishi uchun barcha sharoitlarni yaratishga ustuvor ahamiyat bermoqdamiz”, deb ta'kidladilar.

    Yoshlar — keng ko'lamli islohotlarimizni samarali amalga oshirishda hal qiluvchi kuch bo'lib maydonga chiqmoqda. Aynan zamonaviy bilim olgan, ilg'or kasb-hunarlarni, innovatsion texnologiyalarni, xorijiy tillarni puxta egallagan o'g'il-qizlarimiz mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishda etakchi o'rin tutadi.

    Tarixdan bizga ma'lum, ilm-fan sohasida buyuk kashfiyotlarni amalga oshirgan, umumbashariy tafakkur rivojiga beqiyos hissa qo'shgan buyuk allomalarimizning me'roslariga sodiq farzandlarimiz kelgusida o'zlarining bilim va yangicha g'oyalari asosida ko'zlagan maqsadlarimiz sari bormoqda.

    Davlatimiz rahbarining “Yurtimizda yangi xorazmiylar, farg'oniylar, beruniylar, ibn sinolar, mirzo ulug'beklar, navoiylarni tarbiyalab etkazish – nafaqat vazifamiz, balki tarix va kelajak oldidagi muqaddas burchimizdir” degan so'zlari barchamizning oldimizga qo'ygan maqsadimiz bo'lib qoladi.

    Mamlakatimizda yuqori bilim va malakaga ega bo'lgan, raqobatdosh kadrlar tayyorlash maqsadida oliygohlar soni ortib borgani, xorijiy oliy ta'lim muassasasining filiallari ochilgani va qisqa muddatda bu borada qariyb ikki barobar o'sishga erishilgani, hech shubhasiz, yoshlarimiz, butun jamiyatimizning intellektual salohiyatini oshirish, zamonaviy bilim, kasb-hunarlarga yanada yaqinlashtirish yo'lidagi harakatlarimiz natijasidir.

    Keyingi besh yilda oliy ta'limga qabul kvotasi 3 barobar oshirilib, joriy yilda 182 ming nafar yoshlar uchun talaba bo'lish imkoniyati yaratildi. Bu umumiy qamrov 28 foizga etdi, deganidir.

    Bu borada davlat grantlari 21 mingtadan 47 mingtaga ko'paytirilgani, o'tgan yilgi tajribamizni yangi bosqichga ko'tarib, ehtiyojmand oilalarga mansub 2 ming nafar qizlarga bu yil oliygohlarga kirish uchun alohida grantlar ajratilgani yoshlarimiz kelajagini ta'minlashga qaratilgan e'tiborning amaldagi namunasidir.

    Mamlakatimizda uzluksiz milliy ta'lim-tarbiya tizimining barcha bosqichlarini uyg'un va mutanosib rivojlantirishga alohida e'tibor berilmoqda. Hozirgi vaqtda yurtimizda “Yangi O'zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi” degan g'oya asosida maktab ta'limi tizimida ham katta o'zgarishlar amalga oshirilmoqda. Prezident maktablari, ijod va ixtisoslashgan maktablar soni ko'payib bormoqda.

    Ayniqsa, navqiron o'g'il-qizlarimizning tadbirkorlik sohasidagi g'oya va tashabbuslarini ro'yobga chiqarish, ularni ish va daromad manbai bilan ta'minlashga davlat miqyosida katta ahamiyat berilganligi har bir yoshni kelajakka ishonch bilan dadil qadamlar tashlashga undamoqda.

    “Bilasizmi, dunyodagi davlatlar, xalqlarning rivojlanish darajasini ko'rsatadigan mezonlar, parametrlar ko'p. Lekin men uchun shu boradagi eng muhim mezon — bu yoshlarimizning baxti, kamolidir,” dedi prezidentimiz.

    Bu bildirilgan ishonch, yaratilgan sharoit va qaratilgan e'tiborni mas'uliyat bilan anglagan har bir yosh, albatta, ularning ijrosi uchun ham labbay deb javob bera oladi. Chunki bu yurtning ajdodi buyuk, avlodida esa mana shu buyuklik qoni oqmoqda.

    Tursinoy MURATOVA,

    Oliy Majlis Qonunchilik

    palatasi deputati, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi a'zosi

    Eng dolzarb masalalar tahlil qilingan

    Oxirgi yillarda biz tom ma'noda o'zgarishlar, yangilanishlar epkinida yashayapmiz. Yangi O'zbekistonning bir bo'lagi sifatida dunyo e'tirof etayotgan islohotlarga nafaqat shohid bo'lyapmiz, balki barchamiz uzoq yillar kutgan, xalq manfaatlariga xizmat qiladigan katta qadamlarni birgalikda tashlayapmiz.

    Shu ma'noda, “Yangi O'zbekiston” gazetasining 17-avgust sonida “Yangi O'zbekiston demokratik o'zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda” sarlavhasi ostida e'lon qilingan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bosh muharrir Salim Doniyorov bilan suhbati ana shunday o'zgarishlarning yana bir yorqin ifodasi bo'ldi, desak mubolag'a emas. Men ham ko'plar qatori davlatimiz rahbarining savollarga bergan javoblarini juda katta qiziqish bilan o'qidim. Suhbatda qayd etilgan dolzarb masalalar bilan tanishib chiqdim.

    Yurtboshimiz ta'kidlaganlaridek, keyingi 30 yilda O'zbekiston aholisi 15 million nafarga ko'paydi. Bu o'rtacha bir mamlakat aholisi, demakdir. Qolaversa, vaqt o'tishi, hayot o'zgarishi bilan odamlarning iste'mol talabi va ehtiyojlari muttasil ortib bormoqda. Yerimiz, suvimiz esa ko'paymasligi tabiiy, albatta. Bunday resurslar nafaqat bizda, butun dunyoda cheklangan. Binobarin, biz endi aqlimizni, intellektual salohiyatimizni, bilim va tajribamizni oshirishimiz, aynan ana shu omillarni iqtisodiy o'sish nuqtalari va resurs manbalariga aylantirishimiz shart. Prezidentimiz bu masalani ta'kidlabgina qolmay, ularni echish mexanizmlarini shu kunga qadar qadamma-qadam echimi bilan ko'rsatib kelmoqdalar. Bularning barchasi esa odamlarning hayot darajasini yuksaltirishga qaratilganiga shak-shubha yo'q.

    Xalqimiz turmush tarzi haqida gap borganida, so'nggi yillardagi imkoniyatlar, o'zgarishlarni tilga olmaslikning iloji yo'q. Prezidentimiz tashabbusi va talabi bilan odamlarni rozi qilishga qaratilgan ishlar har bir mahalla, xonadonlarga kirib bordi. Hech bir inson e'tibordan chetda qolmadi. Kam ta'minlangan oilalar uchun “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” singari samarali tizimlar joriy etildi. “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”, degan ezgu tamoyil asosida barcha idora-tashkilotlar fuqarolarning dardiga quloq tutidigan, ularni tinglaydigan bo'ldi. Mamlakat iqtisodiyotidagi o'sish ko'rsatkichlari odamlar turmush sharoitida o'z aksini topa boshladi. Suhbatni o'qir ekanman, ana shunday eng muhim, dolzarb masalalar borasidagi tahlillar menda juda katta taassurot qoldirdi.

    Biz islohotlarni shahdam amalga oshirayotgan bir davrda koronavirus pandemiyasi dunyo xalqlari qatori yurtimiz uchun ham og'ir kelgani rost. Ana shunday dolzarb sharoitda davlatimiz rahbarining xalqimiz sog'lig'ini asrash va hayotini muhofaza qilishga qaratilgan siyosati sababli, koronavirus infektsiyasini yuqtirish holatlari va o'lim ko'rsatkichlarining soni oshib ketishiga yo'l qo'yilmadi. Barcha tibbiyot muassasalarida masofaviy xizmatlarni ko'paytirish, poliklinika va kasalxonalarni elektron ish yuritishga o'tkazish, respublika ixtisoslashgan tibbiyot markazlari va ularning filiallari o'rtasida telemeditsina xizmatini yo'lga qo'yib, diagnostika va davolash uchun joylardagi imkoniyatlarni yanada kengaytirishga alohida e'tibor qaratilishining o'zi halqimiz sarson-sargardonligining oldini oldi.

    Tibbiyotning birlamchi bo'g'inini kuchaytirish, ayniqsa, qishloq va mahallalarda tibbiy xizmatni sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish choralari ko'rildi. Birlamchi bo'g'inda umumiy amaliyot shifokori shtat birligi o'rniga oilaviy shifokor va unga yordamchi sifatida 5 nafar o'rta tibbiyot hodimidan iborat “tibbiy brigadalar” tashkil etilishi shifokor ishini engillatibgina qolmay, uzoq chekka xudud aholisini ham tibbiy xizmatlardan bahramandligini oshirdi.

    Albatta, sohalarni isloh qilish jarayonida muammolar ham ko'zga tashlanadi. Mamlakatimizda xususiy tibbiy klinikalar ochishga keng imkoniyatlar yaratib berilayotganiga qaramasdan, joylarda gemodializ, tibbiy diagnostika va reabilitatsiya xizmatlari bo'yicha shifoxonalar etishmayapti. Prezidentimiz ana shu jihatlarga ham alohida e'tibor qaratgani holda, davlat-xususiy sheriklik asosidagi loyihalarni ko'paytirish, 170 ta tuman va shahar tibbiyot birlashmasini komp`yuter tomograflari bilan ta'minlash, ulardan foydalanish bo'yicha xodimlar malakasini oshirishga qaratilgan amaliy ishlar boshlandi.

    Tibbiyotdagi yana bir murakkab muammo — yuqori malakali kadrlar yetishmasligidir. SHu bois yangi o'quv yilidan boshlab klinik ordinaturaning qabul kvotasi ikki barobar oshirilishi, viloyat hokimliklari o'z hududi uchun zarur bo'lgan ana shunday mutaxassis shifokorlarni tayyorlashga mahalliy byudjetdan grantlar ajratilishi moliyaviy muammo tufayli o'qiy olmagan bakalavr vrachlarimizning orzusi edi.

    Sog'liqni saqlash sohasida korruptsiya holatlari kuzatilgani, albatta, achinarli holat. Xalqimiz boshiga ko'rinmas yov hujum qilib turgan bir vaqtda ayrim insonlarning boylik yig'ish, daromad orttirishga ruju qo'yishi insoniylikka zid amal. O'tgan yilning o'zida tizimda 30 milliard so'mdan ortiq mablag'ni talon-taroj qilish holatlari aniqlangani va aybdorlar qonuniy jazoga tortilgani, shuning uchun bu sohada ta'sirchan nazorat tizimini o'rnatishga, avvalo, jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga jiddiy ahamiyat berilayotgani Prezidentimiz bilan muloqotda ham ta'kidlandi.

    Bugun salomatlikni asrash barchamiz uchun eng muhim masalalardan biriga aylangan. Shu jihatdan, aholining tibbiy madaniyatini oshirish, odamlar o'rtasida sog'lom turmush tarzi tamoyillarini keng targ'ib etish nafaqat tibbiyot sohasi, balki butun jamiyatimiz oldidagi dolzarb vazifadir. Har bir inson o'z sog'ligi haqida, avvalo, o'zi o'ylashi, g'amxo'rlik qilishi kerak. Ayniqsa, koronavirus pandemiyasi yer yuzi, jumladan, yurtimizda ham tarqalishda davom etayotgan hozirgi paytda buning ahamiyati yuqori. SHuning uchun mamlakatimizda tegishli tibbiyot markazlari, dori-darmon va himoya vositalarining etarli zaxirasi shakllantirildi.

    Davlatimiz rahbari bu masalaga alohida, kuyunchaklik bilan to'xtalar ekan, koronavirus hali ham yonimizda, biz bilan birga yashayotgani, shu bois, beparvolikka, loqaydlikka berilishga aslo haqqimiz yo'q ekanini ta'kidladi.

    Yurtboshimiz yana bir bor xalqimizni o'z sog'lig'iga ma'suliyat bilan qarashga, xavfli kasallikka qarshi emlash tadbirlarida faol ishtirok etishga chaqirdilarki, bu albatta, har bir inson hayotiga, oilasiga befarq bo'lmasligi kerakligiga qaratilgan da'vatdir.

    Muqaddas O'ROZALIYEVA,

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O'zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi a'zosi