Uchrashuvdan koʼzlangan asosiy maqsad, "Oʼzbekipaksanoat" uyushmasi faoliyati bilan yaqindan tanishish va uning qisqa muddatda erishgan yutuqlari borasida batafsil maʼlumot olishdan iborat.

Shu yoʼnalishda "Oʼzbekipaksanoat" uyushmasi  tomonidan tizim korxonalari, klasterlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda ularni qoʼllab-quvvatlash uchun oʼtkan 5 yil davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan savollar berildi.

Bundan tashqari, ekspertlar uyushmaning uzoq yillik rejalari bilan qiziqdi.

Uchrashuv soʼnggida, Yaponiyaning JICA xalqaro hamkorlik agentligi eksperti Chiyo Sato oʼzining samimiy minnatdorchiligini bildirdi.