Yashnobod innovatsion texnoparki rezidenti AQShning yetakchi kompaniyasi bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatdi

    3-oktyabr kuni Budapesht shahrida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston-Vengriya biznes forumi doirasida Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yashnobod innovatsion texnoparki rezidenti “Zarbuloq Injiniring” MCHJ hamda AQShning Xylem Inc. kompaniyasi oʻrtasida memorandum imzolandi.

    Memorondumdan koʻzlangan asosiy maqsad Oʻzbekistonda nasos uskunalarini sotish, yigʻish, oʻrnatish, taʼmirlash, texnik xizmat koʻrsatish, avtomatlashtirish va boshqarish tizimlarini rivojlantirishdir.

    Xylem Inc. — uy-joy va kommunal xoʻjalik, tijorat, sanoat va suv taʼminoti texnologiyalarini yetkazib beruvchi AQSHning yetakchi kompaniyasi hisoblanadi. U jami 17000 dan ortiq ishchi-xodimlarga ega boʻlib, dunyoning 150 dan ortiq mamlakatlarida faoliyat yuritadi.

    Shuningdek, kompaniya dunyo boʻylab suv yetkazib berish, suv chiqarib tashlash, suv tozalash va ichimlik suvini tayyorlash, suv tizimlarini nazorat, tahlil qilish va boshqarish boʻyicha yechimlarni taklif qiluvchi 50 dan ortiq jahon miqyosidagi brendlarga egalik qiladi. Bu haqida Innovatsion rivojlanish vazirligi xabar bermoqda.