Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, qoʻmitaning Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan “FOREVER SERVICE” va “KARMANA MOY INVEST” MCHJlarning paxta yogʻi, paxta shroti va paxta sheluxasi mahsulotlarni birja savdolari orqali sotish faoliyati yuzasidan oʻrganish oʻtkazildi.
Olib borilgan oʻrganish natijalariga koʻra, “FOREVER SERVICE” MCHJ tomonidan jami 2 mlrd soʻmdan ortiq jumladan, 101,52 tonna paxta yogʻi, 191 tonna paxta shroti va 126,2 tonna paxta sheluxasi toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar orqali sotilishi natijasida, yuqori likvidli va monopol mahsulotlarni birja savdolarida shakllangan oʻrtacha birja kotirovka narxlari bilan taqqoslanganda jami 55 mln soʻmdan ortiq tafovut (farq) holatlari aniqlandi.
Shuningdek, “KARMANA MOY INVEST” MCHJ tomonidan esa jami 1,1 mlrd soʻmdan ortiq jumladan, 8 holatda 163,7 tonna paxta sheluxasi va 6 holatda 148,7 tonna paxta shroti toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar orqali sotilishi natijasida, yuqori likvidli va monopol mahsulotlarni birja savdolarida shakllangan oʻrtacha birja kotirovka narxlari bilan taqqoslanganda jami 54 mln soʻmdan ortiq tafovut (farq) holatlari maʼlum boʻldi.
Yuqoridagi aniqlangan holatlarga muvofiq, Navoiy viloyati hududiy boshqarmasining Maxsus komissiyasi tomonidan “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunning 29-moddasi va Vazirlar Mahkamasining 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari buzilishi alomatlari bilan yogʻ-moy korxonalariga (“FOREVER SERVICE”MCHJ, “KARMANA MOY INVEST” MCHJ) nisbatan ish qoʻzgʻatilib, natijasi yuzasidan belgilangan tartibda tegishli taʼsir chorasi qoʻllanildi.
Shu bilan birgalikda, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yoʻl qoʻymaslik boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatma berildi.