Toʻqimachilik, elektrotexnika, oziq-ovqat kabi sohalarda imkoniyatlar toʻliq ishga solinmayotgani aytildi
Yigʻilishda ichki bozor bilan cheklanmasdan, eksportni yanada koʻpaytirish muhimligi qayd etildi.
Yigʻilishda ichki bozor bilan cheklanmasdan, eksportni yanada koʻpaytirish muhimligi qayd etildi.
Oxirgi 3-yilda Bojxona kodeksining 100 dan ortiq moddasiga oʻzgartirish kiritildi. Lekin uning qoidalari ham Jahon savdo tashkiloti, ham tadbirkorlarning talabiga mos emas.
Mamlakatimizda 5 mingdan ziyod ishchisi bor, yillik daromadi 1 trillion soʻmdan oshgan, kamida 100 milliard soʻm soliq toʻlayotgan 142 nafar “chempion” tadbirkorlar paydo boʻldi.
Yirik davlat kompaniyalari transformatsiyadan oʻtib, tashqi moliya bozoriga chiqmoqda.
Kelgusi yilda marrani katta olib, yalpi ichki mahsulotni 120 milliard dollarga, eksportni 30 milliardga yetkazish, investitsiyani 42 milliarddan oshirish, 5 million aholini band qi...
Umuman, murakkab geosiyosiy sharoitga qaramay, iqtisodiyotimiz 6,3 foizga oshib, 111 milliard dollardan koʻpaygani taʼkidlandi.
Kelgusi yilda “Gʻishtkoʻprik”, “Navoiy”, “Dovut-ota”, “Shovot” va “Gulbahor” chegara postlarida qoʻshimcha koridorlar qurilib, oʻtkazish quvvati 5 karra oshiriladi.
Prezidentimiz mintaqadagi eng qulay va jozibador biznes muhitini saqlab qolish uchun barqaror soliq siyosati davom ettirilishini taʼkidladi.
Andijon va Urganch aeroportlari boʻyicha tender davom etyapti.
Tadbirkorlar bu yilda 11,5 trillion soʻmlik 3 mingta davlat mulki va 4 ming gektar yerni sotib olib, biznesini boshladi.
Turizm sohasida ham katta ishlar qilindi. Tadbirkorlarning 6,5 trillion soʻm sarmoyasi bilan 24 ming oʻrinli mehmonxonalar ishga tushdi.
Faktoringga keng yoʻl ochib berilgani natijasida shu yilning oʻzida 100 million dollarlik bunday xizmatlar koʻrsatildi.