Joriy yilning yanvar oktyabr oylarida 6 536 nafar jismoniy shaxs ushbu dasturdan foydalanib, elektr tarmoqlariga oʻtkazilgan quyosh energiyasi uchun 10 mlrd 563 mln soʻm (10 million 563 ming 890 kVt/soat) davlat byudjetidan subsidiya oldi.
Shu yilning yanvar sentyabr oylarida 6 mingdan ortiq jismoniy shaxs ushbu dasturdan foydalandi.
Bugun yurtimizda har sohada ulkan oʻzgarish va yangilanishlar boʻy koʻrsatmoqda. Ayniqsa, ijtimoiy koʻmakka muhtoj qatlamga davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan imkoniyatlar, ularning koʻngliga halovat va xotirjamlik hissini berayotir.
Karmana tumanida yashovchi mehnat faxriysi Salomat Xo‘jayeva bir oy avval xonadoniga quyosh paneli o‘rnatib, bugungi kunda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasidan foyda ham olmoqda.