Faqat respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida qisqa muddatli momaqaldiroqli yomgʻir yogʻishi mumkin.
Harorat juma va shanba kuni +19…+23, yakshanba kuni +24…+28 daraja atrofida, shimolda, janubda va choʻl hududlarda +29…+33 darajagacha boʻladi.
Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7−12 m/s tezlikda esadi, 10−11-mayda respublika boʻyicha baʼzi joylarda, 12-mayda shimolda va choʻl hududlarda 15−20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkent shahrida 10-mayda va kechasi 11-mayda vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. 11-may kuni kunduzi qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin.
12-mayda yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat 10-mayda +21…+23, 11-mayda +19…+21, 12-mayda +24…+26 daraja boʻladi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi, 10-mayda 12−14 m/s gacha kuchayishi mumkin.