Toshkent viloyatida kadastr xodimi kaltaklangani yuzasidan jinoyat ishi qo'zg'atildi

    Tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Avvalroq, Toshkent viloyatida kadastr xodimi kaltaklangani haqida xabar bergan edik.

    Bosh prokuraturaning ma'lum qilishicha, ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

    Bo'stonliq tumanida xizmat vazifasini bajarayotgan kadastr xodimiga qarshilik ko'rsatgan shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko'rsatish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atildi.

    Tergov harakatlari olib borilmoqda.