Qayd etilishicha, shu yilning 8-maydan 9-mayga oʻtar kechasi Samarqand viloyati, Samarqand shahar, “Bogʻisaroy“ MFY, Spitamen koʻchasida joylashgan uylarning birida gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir boʻlganligi toʻgʻrisida FVBga xabar qilingan.
Kelib tushgan xabarga asosan, yongʻin-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga yetib borgan va hodisa oqibatlari bartaraf etilgan.
Shuningdek, Favqulodda vaziyatlar vazirligi ishchi guruhi rahbarligida Samarqand viloyati FVB boshligʻi, Prokuratura, IIB, SSB, MG, “Hududgaztaʼminot” va tegishli FVDT xizmatlaridan tezkor – Shtab tuzilib, vaziyat oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Bunga 10 ta asosiy va maxsus yongʻin-qutqaruv texnikalar va FVDTning kuch, vositalari jalb etilgan.
Chaqnash natijasida hosil boʻlgan kinetik zarbadan uyning temir-beton konstruksiyalari qulashi oqibatida, 1,2,3chi qavatlari va yertoʻla qismi zararlangan. Yongʻin sodir boʻlmagan.
Hozirda holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.