Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar berishicha, shu yilning 22-may kuni soat taxminan 17:30 larda Sirdaryo viloyati, Yangiyer shahar FVB katta inspektori va yoʻriqchi inspektor belgilangan rejaga asosan Yangiyer shahar hududidan oqib oʻtuvchi “Janubiy Mirzachoʻl” kanali boʻyidagi choʻmilish taqiqlangan joylarda reyd tadbirlarini olib borayotgan vaqtda bir nafar fuqaro choʻkib ketayotganini koʻrib qolgan.

Xodimlar zudlik bilan fuqaroni suvdan olib chiqqan va oʻsha joyning oʻzida birinchi yordam koʻrsatib, malakali tibbiy yordam koʻrsatish uchun tibbiyot xodimlariga topshirgan.

Maʼlumotlarga koʻra, hozirda fuqaroning sogʻligi yaxshi holatda.