Milliarder Efiopiya poytaxti Addis Abebada nutq soʻzladi. U Afrikaning yosh innovatorlariga qitʼada sogʻliqni saqlashni yaxshilash uchun sunʼiy intellekt (SI)ni ishga solish taklifini bergan.

Geyts jamgʻarmasining taʼkidlashicha, Afrika boʻyicha 3 ta ustuvor vazifa belgilab olingan:

  • onalar va chaqaloqlar oʻlimining oldini olish;
  • keyingi avlodning halokatli yuqumli kasalliklardan aziyat chekmasdan oʻsishini taʼminlash;
  • millionlab odamlarni qashshoqlikdan olib chiqish.

May oyida Geyts boyligining 99 foizini xayriya qilishini eʼlon qilgandi. Uning boyligi 2045-yilga kelib 200 milliard dollarga yetishi prognoz qilingan. Forbes reytingiga koʻra, uning boyligi 2025-yilda 115,1 milliard dollarni tashkil etadi.