Shu maqsadda, mazkur loyiha tizimida “Talabalar kibersport oʻyinlari – 2025” Respublika chempionati oʻtkazilishi eʼlon qilindi.
Unga koʻra, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda hamkor tashkilotlar, hokimliklar bilan birgalikda “Talabalar kibersport oʻyinlari – 2025” Respublika chempionatining dasturi tasdiqlandi.
“Talabalar kibersport oʻyinlari – 2025” musobaqalari “Dota2”, “CS2”, “FC25” oʻyinlari hamda “Just Dance” fijital raqs boʻyicha 3 bosqichda tashkil etilishi nazarda tutilgan.
1-bosqich 9-14-iyun kunlari respublikamizdagi barcha oliy taʼlim muassasalarida tashkil etilsa, 2-hududiy bosqich 16-21-iyun kunlari oʻtkazilib, unda gʻoliblikka erishgan jamoalar 23-25-iyun kunlari Fargʻona viloyatida tashkil etiladigan final bosqichida kuch sinashadi.
Yoshlarning intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan mazkur “Talabalar kibersport oʻyinlari – 2025” musobaqalarida munosib ishtirok etgan iqtidorli yoshlar mamlakat terma jamoalariga jalb etiladi.