Parkentda 3 nafar bola suvga choʻkib vafot etdi

    Voqea-hodisalar 15 Iyun 2025 958

    Hozirda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

    Bosh prokuratura matbuot kotibining xabar berishicha, tekshirishda mutasaddi tashkilotlar tomonidan “Parkentsoy“ kanalidagi suv oqim boʻylab hosil boʻlgan, chuqurligi taxminan 2 metrni tashkil etgan, 20*40 m2 oʻlchamdagi suv havzasida taqiqlovchi belgilar oʻrnatilmaganligi, aholi oʻrtasida tushuntirish ishlari olib borilmaganligi, yoxud sunʼiy tashkil topgan suv havzasini bartaraf etish choralari koʻrilmaganligi aniqlandi.

    Ish boʻyicha isbotlanishi lozim boʻlgan barcha holatlarni tekshirish hamda bir qator tergov harakatlari oʻtkazish lozimligini inobatga olib, Jinoyat kodeksining 116 (Kasb yuzasidan oʻz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) va 207 (Mansabga sovuqqonlik bilan qarash) moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

    Barcha zarur tergov harakatlari oʻtkazilganidan soʻng ish boʻyicha qonuniy toʻxtamga kelinadi.