Agentlikka koʻra, 16-17-iyunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida,17-19-iyunda Oʻzbekistonning qolgan hududlarida havo harorati kunduz kunlari 40-42 darajagacha, janubda va choʻl hududlarda baʼzi joylarda 43-44 darajagacha koʻtariladi. Kechalari ham havo dim boʻladi. Faqat ertalabki soatlarda harorat biroz 24-27 darajagacha pasayadi.

Hafta oxirida harorat biroz pasayadi, hududning katta qismida kunduzgi havo harorati 35-38 daraja, janubda 39-41 daraja atrofida boʻladi. Shu kunlarda Oʻzbekiston boʻyicha asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi.

Respublika boʻyicha shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.

16-18-iyun kunlari shimolda va choʻl hududlarda, 19-21-iyunda respublikaning koʻpchilik viloyatlarida baʼzi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.

Togʻli hududlarda 20-iyun kuni baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq kuzatiladi.

Toshkentda: asosan kam bulutli ob-havo boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat bugun kunduzi 36-38 daraja, 17-19-iyunda 38-41 darajagacha, 20-iyunda 35-37 daraja boʻladi.