“Oʻzgidromet“ agentligining xabar berishicha, havo harorati bugun kunduzi 36-41 darajani, 8-9-iyul kunlari 33-38 darajani, 10-11-iyulda 31-36 darajani tashkil etadi. Oʻzbekiston janubida ham harorat pasayadi va ish haftasining oxiriga kelib harorat 37-40 darajani tashkil etadi.
Respublika hududining katta qismida yogʻingarchilik kutilmaydi. Faqat Fargʻona vodiysi viloyatlarida, shuningdek togʻ oldi va togʻli hududlarda 9-10-iyul kunlari qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi ehtimoli bor.
Respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. 7-iyul kuni harorat asosan 39-41 daraja, 8-9-iyulda 35-38 daraja, 10-11-iyulda 32-37 daraja boʻladi.