UzTest Buxoro viloyati hududiy filialida Germaniyadan Oʻzbekistonga olib kelingan 3 dona sinov laboratoriya jihozining biri yoʻqolib qolgani haqida xabar berilgandi.
Taʼkidlanishicha, haqiqatan ham “UzTest” Buxoro hududiy filialida qiymati 150 million soʻmlik “Tormoznoy stend” sinov uskunasi hamda 250 million soʻmlik gazballonlarni oʻlchash vositalari oʻgʻirlangan.
Mazkur holat, aslida Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Komplaens nazorat boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida aniqlangan.
Bu haqda darhol hujjatlar 2024-yil noyabr oyida Buxoro viloyati huquqni muhofaza qilish idoralariga yuborilib, aniqlangan holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilayotgandi.
Markaz tomonidan yuqoridagi holatlarga oid surishtirish ishlari yakunlangach qoʻshimcha maʼlumotlar taqdim etiladi.
Shuningdek, xabarlarda Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazida (“UzTest”) 6 mlrd. soʻm mablagʻni maqsadsiz sarflab yuborilgani ham iddao qilingan.
"Bu xabar hech qanday haqiqatga toʻgʻri kelmaydi va mutlaqo asossizdir. Agentlik Komplaens nazorati boʻlimi tomonidan tizim tashkilotlari, shu jumladan, Markazning moliyaviy faoliyati ustidan doimiy monitoring oʻrnatilgan", deyiladi xabarda.









