Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
22-iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda ushbu ayolning boshqa ayolni “samosud” qilgani videosi tarqalib, jamoatchilikning eʼtirozlariga sabab boʻlgan edi. Holat Andijon shahri, “Hunarmand” mahallasida joylashgan kiyim savdosi bilan shugʻullanuvchi doʻkon egasi boʻlgan 1992-yilda tugʻilgan ayol A.P. qoʻl ostida sotuvchi boʻlib ishlovchi 2005-yilda tugʻilgan S.S. oʻrtasida sodir boʻlgan. Oʻzaro qarz oldi-berdi masalasi ortidan doʻkon egasi sotuvchi qizga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik kabi xatti-harakatlarni sodir etgan.
Ushbu holat yuzasidan Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan jinoyat kodeksining 138-moddasi 2-qismi (Zoʻrlik ishlatib gʻayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, fuqaro A.P. protsessual tartibda ushlangan. Tergov ishi Andijon viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
Shuningdek, viloyat IIB xabarida, “Ushbu suratdagi fuqaroning noqonuniy xatti-harakatlaridan jabrlanganlar «102” qisqa raqamiga, Andijon shahri boʻyicha IIO FMBning telefon raqamiga 74-223-59-52 yoki yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga murojaat qilishlarini soʻrab qolamiz», – deyiladi.