Nizom koʻcha nomi va koʻchmas mulk obyekti raqami koʻrsatkichlarining shakli, oʻlchamlari hamda ularni tayyorlash va oʻrnatish tartibini belgilaydi.
Koʻrsatkichning namunaviy shakllari quyidagi toifalarga ajratiladi:
- 1-toifa – poliyetilentereftalat, poliyetilintereftalatglikol, polistirol yoki polikarbonat materialdan tayyorlangan, yoritish moslamali koʻrsatkich;
- 2-toifa – kompozit alyuminiy materialidan tayyorlangan, nur qaytaruvchi qoplamali koʻrsatkich;
- 3-toifa – kompozit alyuminiy materialidan tayyorlangan koʻrsatkich.
Bunda, qoida tariqasida, 1-toifa koʻrsatkichlar shahar ahamiyatidagi magistral koʻchalar, 2-toifa koʻrsatkichlar tuman ahamiyatidagi magistral koʻchalar va 3-toifa koʻrsatkichlar esa mahalliy ahamiyatga ega koʻchalarda oʻrnatiladi.
Koʻrsatkichda koʻchaning nomi qisqartirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.









