Bu haqda DXX xabar berdi.

U soliq idoralaridagi tanishlari orqali ikki nafar mahalliy fuqaroga, ular ilgari hech qayerda ishlamagan boʻlsalarda, 2025-yil yanvaridan iyun oyigacha boʻlgan davr uchun ish haqi hisoblab berishini va bu haqda rasmiy maʼlumotnoma tayyorlab berishini vaʼda qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati Xorazm viloyati boʻyicha boshqarmasi tomonidan Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida bosh mutaxassis ushbu “xizmati” evaziga 12 million 500 ming soʻm olayotgan vaqtida qoʻlga olindi.

Holat yuzasidan unga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi va hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Mazkur ish noqonuniy ravishda mehnat staji va rasmiy ish haqi hujjatlari tayyorlashga urinishning oldi olinganini koʻrsatmoqda