Havo harorati asosan +38...+40 daraja, janubda +42 darajagacha boʻladi.
Faqat shimoli-gʻarbiy viloyatlarda va choʻl hududlarda ertaga kunduzi harorat +2...+3 darajaga pasayadi.
13-avgust — chorshanba kuni haroratning pasayishi Oʻzbekistonning barcha hududlariga tarqaladi. Lekin issiqning sezilarli darajada pasayishi ish haftasining ikkinchi yarmida kutilmoqda, bunda respublika hududining katta qismida harorat +34...+37 darajagacha, faqat eng chekka janubda 40 darajagacha pasayadi.
Ushbu kunlarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasida 13-avgust kuni baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda: asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechalari +21...+23 daraja, kunduz kunlari 11-12 avustda +38...+40 daraja, 13-avgustda +36...+38 daraja, 14-15-avgustda +34...+37 daraja boʻladi.









