Bu haqda Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, Agentlik Misr tomoni bilan muzokaralar olib bordi va mahsulotlar boʻyicha fitosanitar ruxsatlar olindi. Misr tomoni bilan muzokaralar olib bordi va mahsulotlar boʻyicha fitosanitar ruxsatlar olindi.
Mahsulotlar joʻnatilishidan fitosanitar nazoratdan oʻtkazilib, Misr uchun karantin ahamiyatiga ega zararkunandalardan xoli ekani tasdiqlangandan soʻng fitosanitar ruxsatnoma rasmiylashtiriladi.
Xalqaro talablarga muvofiq, har bir joʻnatma ISPM №7 va ISPM №12 standartlariga muvofiq fitosanitariya sertifikati bilan rasmiylashtirilishi belgilangan.
Misr — 110 milliondan ortiq aholiga ega boʻlgan, Afrika va Yaqin Sharq mintaqasidagi eng yirik isteʼmol bozorlaridan biri. Meva-sabzavot mahsulotlariga boʻlgan talab yil davomida mavjud. Shu bois Misr har yili yuz minglab tonna yangi uzilgan mahsulotlarni import qiladi.
Maʼlumot oʻrnida, bugungi kunda Oʻzbekistondan Misrga 25 turdagi mahsulot eksporti uchun fitosanitar ruxsatlar olingan.
Yangi turdagi mahsulotlarga fitosanitar ruxsatlar olinishi Oʻzbekiston uchun eksport geografiyasini kengaytirish, Yaqin Sharq va Afrika bozorlariga kirish uchun “koʻprik” yaratish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining mavsumiy sotuv davrini uzaytirish imkoniyatini beradi.