Endilikda davlat ulushi boʻlmagan korxonalarga eksportda muddati oʻtgan qarzdorlik uchun jarima hisoblash va undirishga bir yillik moratoriy joriy qilinadi

    Ayrim mintaqalardagi notinchliklar oqibatida tashqi bozorlardagi tebranishlar, logistikadagi uzilishlar eksport tushumlarining kechikishiga olib kelmoqda.

    Ayrim mintaqalardagi notinchliklar oqibatida tashqi bozorlardagi tebranishlar, logistikadagi uzilishlar eksport tushumlarining kechikishiga olib kelmoqda.

    Bunday sharoitda oʻzi shundoq ham puli tushmayotgan tadbirkorlar muddati oʻtgan debitor qarzdorlik uchun jarima toʻlayapti.

    Bu masalani juda koʻp toʻqimachilik korxonalari va meva-sabzavot eksportchilari koʻtarib, yengillik soʻradi.

    Davlatimiz rahbari muammoning yechimini aytdi – endilikda davlat ulushi boʻlmagan korxonalarga eksportda muddati oʻtgan qarzdorlik uchun jarima hisoblash va undirishga bir yillik moratoriy eʼlon qilinadi.