20-avgust kuni Yangi Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Biznes uyushmalarining aniq natijaga qaratilgan dasturlari, loyiha va tadbirlarini moliyalashtirish uchun har yili 10 million dollar ajratiladi.
2026-yildan “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili asosida tadbirkorlik faoliyatini toʻlaqonli yoʻlga qoʻyish mumkin boʻladi.
Soʻnggi yillarda aholi va tadbirkorlardan 120 turdagi hujjatlarni talab qilish bekor qilindi, yana shuncha litsenziya raqamlashdi.
Xalqaro tajriba asosida “astrent” tizimi joriy qilinadi. Bunda moddiy zararni qoplash kechiktirilgan har bir kun uchun qarzdor hisobidan penya undirish sud qarorida aniq belgilab qoʻyiladi.
Prezidentimiz qayerda qonun ustuvor boʻlsa, oʻsha yerda biznes rivojlanishi, investitsiya muhiti jozibador boʻlishini taʼkidladi.
Kelgusi yildan yer, mol-mulk, ijtimoiy va daromad soliqlari hisobotlarini shakllantirish boʻyicha tadbirkorlar majburiyati bekor qilinadi.
Bugungi kunda soliq tekshiruvlari boʻyicha 20 mingdan ziyod tadbirkorlarda 16 trillion soʻmlik xato va kamchiliklar aniqlangan. Bu minglab biznes vakillarining tadbirkorlik reytingidagi oʻrniga salbiy taʼsir qiladi.
Ochiq muloqotlarni oʻtkazish boshlanganida asosiy murojaatlar soliq stavkalarini tushirish bilan bogʻliq boʻlardi.
Skoring tizimi soddalashgani uchun 100 mingga yaqin tadbirkor bankdan yangi kredit olib, faoliyatini kengaytirdi.