Qayd etilishicha, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Energosavdo” filialining Surxondaryo viloyati, Oltinsoy tuman boʻlimi boshligʻi tuman Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi bosh mutaxassisi bilan til biriktirib, paxta yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xoʻjalikning elektr energiyasidan qarzdorligi boʻlsa-da, uni umumiy foydalanishda boʻlgan elektr tarmogʻiga qayta ulab berish va elektron hisoblagichni qaytarib berish evaziga 5 mln soʻm talab qilgan.
DXX va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda ular soʻralgan pul mablagʻini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Fargʻona viloyatida Oʻzbekiston tumani Xalq qabulxonasi yetakchi mutaxassisi 1965-yilda tugʻilgan fuqaroning kredit qarzdorligi boʻyicha tuman Majburiy ijro boʻlimida unga nisbatan yuritilgan ijro hujjatini tanishlari orqali yoʻq qilib berish evaziga 5 million soʻm olgan vaqtida DXX, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozir mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.









