Oʻzbeklarni haqoratlagan tiktokerga 3-yil 1 oy muddatga qamoq jazosi tayinlandi

    Oliy sud matbuot xizmati "Abdulloh" nomi bilan tanilgan «tiktoker«ga nisbatan sud hukmi oʻqilgani haqida maʼlum qildi.

    Unga koʻra, jinoyat ishlari boʻyicha Nurafshon shahar sudining hukmi bilan 1999-yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan «tiktoker« V.D. JKning 156-moddasi (milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qoʻzgʻatish) 2-qismi va 158-moddasi (Oʻzbekiston Respublikasi prezidentiga tajovuz qilish) 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan 3-yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni manzil-koloniyalarda oʻtattirilish belgilandi.

    «Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toshkent viloyat sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat berish va protest keltirishga haqliligi maʼlum qilinadi,« — deyiladi xabarda.