Buxoro viloyatiga 12 dona “YUTONG” avtobuslari olib kelindi

    Mazkur avtobuslar tez orada Buxoro shahar avtobus yoʻnalishlarida brutto-shartnoma asosida aholiga xizmat koʻrsatishni boshlaydi.

    Buxoro viloyati hokimligi axborot xizmatining maʼlum qilishicha, viloyatda yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi korxonalar harakat tarkibini yangilash masalasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, “Miramax turist trans” MCHJ tomonidan Xitoy davlatidan 12 dona “YUTONG” avtobuslari xarid qilindi.

    Mazkur avtobuslar tez orada Buxoro shahar avtobus yoʻnalishlarida brutto-shartnoma asosida aholiga xizmat koʻrsatishni boshlaydi.

    Eslatib oʻtamiz, bugungi kunda Buxoro shahridagi 6 ta yoʻnalishda jami 72 dona avtobus brutto-shartnoma asosida aholiga xizmat koʻrsatib kelmoqda.