Bu haqda Ekologiya vazirligi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, mazkur tanlov Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-avgustdagi 514-sonli qarori asosida oʻtkaziladi.
Tanlovning navbatdagi bosqichi 2025-yil 1-sentyabrda boshlanib, gʻoliblar 8-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun arafasida aniqlanadi va munosib taqdirlanadi.
Gʻoliblarning davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirgan farzandlari yoki nabiralariga kontrakt toʻlovi toʻlab beriladi.
Shuningdek, aholi orasida ekologik bilim va madaniyatni targʻib qilish, chiqindilar bilan bogʻliq ishlarning ekologik xavfsiz tizimini takomillashtirish, soha fidoyilarini qoʻllab-quvvatlash, chiqindilarning inson salomatligi va atrof-muhitga salbiy taʼsirining oldini olish ham maqsad qilingan.