Oʻzbekistonga tijorat maqsadida eng koʻp afgʻonistonliklar kelmoqda

    Biznes 12 Sentabr 2025 1029

    Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, tijorat maqsadida Oʻzbekistonga kelgan xorijliklar soni oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 3,2 barobarga oshgan.

    Masalan, 2025-yilning yanvar iyul oylarida jami 255,1 ming nafar chet ellik Oʻzbekistonga tijorat maqsadida tashrif buyurgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 174,6 ming nafarga yoki 3,2 barobarga oshgan.

    Joriy yilning 7 oyida Oʻzbekistonga tijorat maqsadida kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar boʻyicha quyidagicha:

    • Afgʻoniston — 236 989 nafar
    • Tojikiston — 13 611 nafar
    • Turkmaniston — 1 939 nafar
    • Rossiya — 521 nafar
    • Turkiya — 339 nafar
    • Qozogʻiston — 318 nafar
    • Boshqa davlatlar — 1 419 nafar