Unda 150 nafar ishtirokchi 5 ta jamoaga boʻlingan holda dam oluvchilar tomonidan hududda qoldirib ketilgan jami 800 kg yaqin chiqindini yigʻib, tozalikka munosib hissa qoʻshishdi. Chiqindilar maxsus texnikalar orqali olib chiqib ketilib, bartaraf etildi.
Bundan tashqari, ekologiyaga oid “Yashil makon” oʻzbek milliy multfilmi, Orol dengizi muammosiga qaratilgan “Shoʻrxok” nomli yangi qisqa metrajli film namoyishi hamda www.batareykalar.uz loyihasi taqdimoti ham oʻtkazildi.
Shuningdek, Koreya Respublikasidan tashrif buyurgan volontyorlar oʻz tajribalari bilan oʻrtoqlashib, baklajka qopqoqlarini qayta ishlash amaliyoti olib borildi.









