Yil boshidan buyon bogʻchalarda 9 tonnadan ortiq sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlari aniqlandi

    Ta'lim 15 Sentabr 2025 588

    Joriy yilning yanvar–avgust oylari davomida 3554 ta maktabgacha taʼlim tashkilotida rejali tekshirishlar oʻtkazildi.

    Jumladan, kimyoviy tahlillar uchun 83231 ta namunalardan 4110 tasi; bakteriologik tahlillar uchun olingan 88203 ta namunalardan 9027 tasi SanQvaN talablariga javob bermadi.

    Maktabgacha taʼlim muassasalarida yorugʻlik meʼyorlariga rioya qilish asosiy omil hisoblanadi.

    Yorugʻlik yetishmasligi koʻrish qobiliyatini, diqqatni jamlashni pasayishiga va bolalarning charchashiga olib kelishi mumkin.

    Guruhlarda xona haroratini (mikroiqlim koʻrsatgichlari) 23425 tasining 1658 tasida harorat talab darajasida emasligi; yorugʻlik koʻrsatgichlari 43665 ta nuqtada oʻlchanganda 2559 tasida yoritilganlik pastligi aniqlandi.

    Tarbiyalanuvchilar ovqatlanishini toʻgʻri va xavfsiz tashkil etilganligi ustidan nazoratni amalga oshirilganda mikrobiologik koʻrsatgichlarga tayyor oziq-ovqat mahsulotlaridan 8122 ta namunadan 323 tasi, ichimlik suvidan 4461 ta namunadan 237 tasi talabga javob bermadi.

    Kimyoviy tahlillar uchun ovqat toʻyimliligi 4986 ta namunalardan 878 ta namunasida ovqat toʻyimliligi pastligi, sabzavotlarda nitrat qoldiqlarini tekshirish uchun 12301 ta namunadan 257 ta namunada nitrat qoldiqlari, osh tuzida yod miqdorini aniqlash uchun 2321 ta namunalardan 718 ta namunalarda yod miqdori kamligi aniqlandi.

    Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sanitariya qonun buzilish holatlariga yoʻl qoʻygan masʼul shaxslarga nisbatan 3705 ta holatda maʼmuriy choralar (jarimalar) qoʻllanildi, 110 ta muassasalarining ish faoliyati vaqtincha toʻxtatildi, 446 nafar ishchi-xodimlar tibbiy koʻrikdan oʻz vaqtida oʻtmaganliklari sababli ishdan vaqticha chetlashtirildi.

    9486,4 kg.dan ortiq miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlari brakeraj qilindi.