Samarqandda ilk bor yer osti chiqindi saqlash majmuasi tashkil etildi

    Samarqand shahri Qorasuv massivi “Obod maskan” MFYda 2 ta yarim yer osti chiqindi saqlovchi maxsus qutilar majmuasi ishga tushirildi.

    Mazkur yer osti chiqindi saqlash majmuasi 2 metr chuqurlikda joylashtirilgan boʻlib, ularning har biriga 2 tadan jami 4 ta maxsus konteyner oʻrnatilgan. Konteynerlarning sigʻimi 3 metr kub yaʼni 550 litrni tashkil etadi. Natijada 1000-1500 nafar aholiga xizmat qiladi. Kelgusida bu kabi yer osti majmuasidan hududda yana 5 ta qurish rejalashtirilgan.


    Mahalliy aholi tomonidan bu kabi samarali chora-tadbirlar mamnuniyat bilan qarshilanib, ilgari shamol yoki turli hayvonlar tufayli chiqindilarning yer ustiga sochilib ketilishi kabi holatlarning oldini olishda maʼqul yechim boʻlgani taʼkidlandi.

    Bu kabi chora-tadbirlar respublika boʻyicha izchil davom ettiriladi.