Meksika orqali noqonuniy ravishda AQSHga yuborish holati fosh etildi

    Samarqand shahrida faoliyat yurituvchi sayyohlik firmasi rahbari 3 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni Meksika davlati orqali AQSHga yuborish evaziga katta miqdorda pul talab qilgani aniqlandi.

    Maʼlumotlarga koʻra, u Samarqand shahri va Urgut tumanida yashovchi fuqarolardan har biridan 32 ming AQSH dollaridan, jami 96 ming dollar soʻragan.

    Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda firma rahbari oldindan 15 ming dollar olgan vaqtida qoʻlga olindi.

    Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.