Gonkongda Boeing 747 halokatga uchradi

    Gonkong xalqaro aeroportida Emirates’ga tegishli Boeing 747 yuk samolyoti qoʻnish paytida avtomobil bilan toʻqnashib, uchish-qoʻnish yoʻlagidan chiqib ketdi va dengizga tushdi.

    Politsiya maʼlumotiga koʻra, toʻqnashuv vaqtida samolyot texnik xizmat mashinasiga urilgan. Mashinada boʻlgan ikki kishi suvga tushib ketgan — bittasi halok boʻlgan, ikkinchisi ogʻir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan.

    Samolyot bortidagi toʻrt nafar ekipaj aʼzosi jabrlanmagan. Hodisa mahalliy vaqt bilan soat 04:00 atrofida sodir boʻlgan.