Oʻzgidromet dam olish kunlari kutilayotgan ob-havo haqida maʼlumot berdi

    Shanba kuni kechasi va ertalab Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida biroz yomgʻir yogʻishi kutilmoqda.

    Yakshanba kuni Oʻzbekiston boʻylab quruq va salqin ob-havo saqlanib turadi. Havo harorat 31-oktyabr kuni +20...+25 daraja, shimolda +13...+18 daraja boʻladi. Dam olish kunlari harorat +15...+20 darajagacha pasayadi.

    Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31-oktyabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.

    Toshkentda havo oʻzgaruvchan boʻladi. Bugun kechasi biroz yomgʻir yogʻadi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 10-12 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Havo harorat +21...+23 daraja boʻladi.

    Shanba kuni kechasi biroz yomgʻir yogʻish ehtimoli bor. Yakshanbada yogʻingarchilik kutilmaydi. Havo harorat shanba kuni +16...+18 daraja, yakshanbada +18...+20 daraja boʻladi.

    Kechalari harorat +8...+10 daraja atrofida boʻladi.