Grigoriy Lepsning Toshkentdagi konserti bekor qilindi

    Madaniyat 7 Iyul 2023 1287

    Rossiyalik xonanda Grigoriy Lepsning joriy yil 23-oktyabr kuni Toshkent shahridagi “Xalqlar doʻstligi” sanʼat saroyida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan konserti bekor qilindi.

    Bu haqda Oʻzbekiston Madaniyat va turizm vazirligi maʼlum qildi.

    “Ayrim texnik sabablarga koʻra, konsert dasturi qoldirildi. Muxlislar sotib olingan chiptalar pulini tegishli tartibda qaytarib olishlari mumkin”, – deyiladi xabarda.

    Qayd etish mumkin, avvalroq sanʼatkorning Qozogʻiston va Qirgʻizistondagi konsertlari ham bekor qilingandi.