Bosh prokuratura bergan xabarda aytilishicha, jinoyat ishi Toshkent tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 198-moddasi (Ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) va 207-moddasi (Mansabga sovuqqonlik bilan qarash) bilan qo‘zg‘atilgan.
Bosh prokuratura esa mazkur jinoyat ishi tergovi ustidan nazorat o‘rnatgan.
Eslatib o‘tamiz, sodir bo‘lgan yong‘inda «Angren bo‘lim» hududining 5,89 gektaridagi yovvoyi qurigan o‘tlar va tabiiy holda o‘sgan jing‘il butalari yongan.
Hozirda soha mutaxassislari tomonidan o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar hisoblanmoqda.