Bu haqda nevropatolog, tibbiyot fanlari doktori Vasiliy Generalov ma'lum qildi.
Shifokor issiq ob-havoning qanday qilib bosh og'rig'iga sabab bo'lishini tushuntirdi. Gap shundaki, issiq havoda tomirlarda tez reaksiyalar – spazmlar va bo'shashish yuzaga keladi. Shuningdek, tomirlari zaif bo'lgan odamlarda ham bosh og'rig'i bo'lishi mumkin.
Generalovning so'zlariga ko'ra, qahva yoki choy ichish issiq havoda qon tomirlarining tonusini yaxshilashga yordam beradi. Nevrolog, shuningdek, tomirlar uchun kuniga o'rtacha 15 daqiqadan ko'p bo'lmagan mashqlarni muntazam ravishda bajarishni maslahat berdi.
Bundan tashqari, ko'p terlash issiq havoda qon aylanish tizimiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Suvsizlanganda eritrotsitlar kapillyarlardan o'tayotganda bir-biriga yopishadi, shuning uchun kislorod almashinuvi sekinlashadi va to'qimalarning gipoksiyasi paydo bo'ladi. Bunday oqibatlarning oldini olish uchun nevropatolog yetarli miqdorda suv ichishni tavsiya qildi, deb xabar beradi mir24.tv.