Anjuman Fiskal tahlillar instituti tashabbusi bilan Buxoro davlat texnika universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi hamda Buxoro viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etildi.
Konferensiyada 40 dan ortiq ilmiy-tadqiqot muassasalari va markazlari vakillari ishtirok etdi. Unda Buxoro viloyatidagi dolzarb muammolarga ilmiy yechimlar, innovatsion texnologiyalar va amaliy ishlanmalar taqdim etildi.
Jumladan, ekologik muhitni yaxshilash, yerlarning cho‘llashuvining oldini olish, suv tanqisligini yumshatish hamda ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Konferensiyada ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish, ilmiy salohiyatni yuksaltirish hamda Buxoroning barqaror rivojlanishiga xizmat qiladigan innovatsion yechimlarni shakllantirish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir bu borada ilmiy muassasalar, ta’lim tashkilotlari va ishlab chiqarish tarmoqlari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish uchun muhim platforma bo‘ldi.