Tadbirda Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistondan tashrif buyurgan yoshlar yetakchilari, davlat organlari, xalqaro tashkilotlar hamda fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirok etmoqda.

Seminar 25-iyungacha davom etadi. U O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Yoshlar ishlari agentligi hamda Farg‘ona viloyati hokimligi tomonidan tashkil etilgan.

Tadbir Markaziy Osiyo uchun BMTning Prevetiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi va EXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori ofisi hamkorligida o‘tkazilmoqda.

Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, mazkur seminarning nufuzli xalqaro tuzilmalar hamkorligida tashkil etilishi tashabbusning xalqaro ahamiyati va Markaziy Osiyoda yoshlar o‘rtasida o‘zaro ishonch, muloqot va chegaraoldi hamkorligini mustahkamlashga qaratilgan sa’y-harakatlar keng qo‘llab-quvvatlanayotganini ko‘rsatadi.