Joriy yilning 6-avgust kuni soat 16:00 larda “MAN” rusumli yuk transport vositasi Nurobod tumani “Mehnatkash” MFY hududidan o‘tuvchi A-378 avtomobil yo‘lining 35-kilometrida Samarqand–Qashqadaryo yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan vaqtida avtomobil kabinasining salon qismida to‘satdan yong‘in kelib chiqqan.

Haydovchi transport vositasini to‘xtatishga uringan vaqtida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning chap tomonidagi beton to‘siqqa urilgan va transport vositasi ag‘darilgan. 

Hodisa oqibatida haydovchi turli darajada og’ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.