Bu haqda Xinhua agentligi Xitoy Savdo vazirligiga tayanib xabar berdi.
“Milliy xavfsizlik va manfaatlarni himoya qilish, shuningdek, tarqatmaslik kabi xalqaro majburiyatlarni bajarish uchun ushbu chora ko‘rildi”, deyiladi bayonotda.
Kompaniyalar qatoriga Aveox, Inc., Ball Aerospace & Technologies Corp., L3Harris Maritime Services, Inc. va boshqalar kiradi.
Bundan tashqari, Xitoy sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan 46 ta AQSh kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotib olishni taqiqlaganini e’lon qildi.
Moliya vazirligi yangi choralarga ko‘ra, davlat xaridlarida ishtirok etuvchi tashkilotlarga Lockheed Martin Corporation va Raytheon Missiles & Defense kabi ro‘yxatdagi Amerika kompaniyalaridan mahsulot sotib olish taqiqlanganini e’lon qildi.
Vazirlik shuningdek, ushbu chora Xitoyda faoliyat yuritayotgan Amerika investitsiyalari bo‘lgan kompaniyalarga taalluqli emasligini ma’lum qildi, deb xabar berdi report.az.