“Nazarimda hozir odam televizor, kompyuter, telefon, yana allabalolar qurshovida qolgan. Hammasi nayzasini oʻqtalib turibdi. Odamga ozgina eʼtibor, mehr ulashish ham kerak!”
Fargʻona viloyati qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan 1215 ta koʻpqavatli uy-joy, bino va inshoot obyektlarida nazorat tekshiruvlari oʻtkazildi.
Maktab va maktabgacha taʼlim, Madaniyat va turizm vazirligi, “Mahalla” xayriya jamoat fondining qoʻshma qaroriga asosan, may oyi mamlakatimizda “Teatr oyligi” deb eʼlon qilingan edi.
Margʻilon shahridagi Erkin Vohidov nomidagi ijodkorlar bogʻida “Onalarga ehtirom” III anʼanaviy festivalning viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi.
Rishton tumanidagi Burhoniddin al-Margʻinoniy ar-Roshidoniy nomli istirohat bogʻida ”Kulollar sayli” milliy kulolchilik mahsulotlari koʻrgazma savdosi qizgʻin pallaga kirdi.
Toshloq tuman “Besarang” mahalla fuqarolar yigʻinidagi Abdulhamid Bekmurodov tomorqasida ertangi qovun pishdi.
Fargʻona tumani Mindonobod dahasi, “Yangi asr” mahalla fuqarolar yigʻinida “savlat” toʻkib turgan issiqxona qarovsizlik, eʼtiborsizlik tufayli qurib-qaqshab yotibdi.
Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasi hamda hunarmandlar uyushmasi aʼzosi, fargʻonalik kandakor Zokirjon Gʻofurov tomonidan yaratilayotgan durdona asarlari, noyob sanʼat namunali sifatida nafaqat yurtimizda, balki koʻplab xorijiy mamlakatlarda ham maʼlum va mashhur.
Fargʻona davlat universitetida”Referendum va yoshlar” forumi tashkil etildi.
Yoqilayotgan koʻmir sarfi avvalgi qozonlarga qiyoslanganda besh hissaga kamaydi, isitish darajasi koʻpaydi.