Qayd etilishicha, ushbu musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi ham ishtirok etmoqda.
Maʼlumotlarga koʻra, ushbu musobaqaning bugungi dasturlar ichida oʻzbekistonlik ikki bokschi — Hasanboy Doʻsmatov (-54 kg) hamda Faryozbek Doʻsmatov (-54 kg) chorak finada ringga chiqishi kerak edi. Ammo Hasanboy ushbu jangga chiqishdan bosh tortdi, sababi u ukasi Faryozbek Doʻstmatovga qarshi jang qilishni istamagan.
Shunday qilib, Hasanboy musobaqa bilan shu yerda xayrlashdi. Ukasi esa yarim final yoʻllanmasiga ega chiqdi.
Maʼlumot uchun, “Konstantin Korotkov“ xalqaro xotira turniri 14-20-aprel kunlari boʻlib oʻtadi. Oʻzbekiston sharafini 19 nafar bokschi himoya qilmoqda.