Joylarda yer soligʻi va ijara toʻlovlariga oshiruvchi koeffitsiyent belgilayotganda uning biznesga taʼsirini oʻrganish, tadbirkorlarning imkoniyati va moliyaviy ahvolidan kelib chiqib, qaror qabul qilish muhimligini taʼkidladi.

«Tushumni koʻpaytirish soliq stavkasini oshirish hisobidan boʻlmasligi kerak. Aksincha, tadbirkorga yordam berib, soliq bazasini kengaytirsak, tushum koʻpayadi, tadbirkorlar ham rozi boʻladi», — dedi Prezident.

Endilikda tadbirkorlarga ushbu soliqlarni yilda ikkiga boʻlib toʻlashga ruxsat beriladi.