Bosh konsulxonaning xabar berishicha, shu yilning 23-aprel kuni Istanbul shahrida yashagan yurtdoshimiz yurak yetishmovchiligi oqibatida vafot etdi.

Maʼlumotlarga koʻra, ushbu fojiaviy holat Istanbulda sodir boʻlgan zilzila vaqtida yuqori qavatda turgan fuqaroning kuchli qoʻrquv holatiga tushishi natijasida yuz bergani aytilmoqda.

Bosh konsulxonasi marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildi.