Bu haqda Khaosod gazetasi xabar bermoqda.

Nashrning yozishicha, hodisadan besh kishi halok bo'lgan, yana bir yo'lovchi og'ir jarohat olgan. Jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilgan.

Voqea joyida favqulodda xizmatlar ishlamoqda. Jurnalistlarning qayd etishicha, aviahalokat sodir bo'lgan joy uzoqda joylashgani sababli qutqaruvchilarning u yerga yetib borishi qiyin. Yordamga qo'shimcha kuchlar jalb qilingan, deb xabar beradi report.az.