Samarqand xalqaro aeroportiga kecha Qozogʻistonning Turkiston shahridan yoʻlovchi samolyot kelib qoʻndi.

Qozogʻistonning “QAZAQ AIR” aviakompaniyasining mazkur aviareysi Astana, Turkiston va Samarqand shaharlarini bogʻlaydi.

Muntazam yoʻlovchi qatnovlari haftasiga ikki marta — payshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Birinchi aviareys kelishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda Qozogʻiston Respublikasining Samarqand shahridagi bosh konsuli hamda Samarqand viloyati hokimligi masʼullari ishtirok etdi.