Oʻzbekistonda yuqumli boʻlmagan kasalliklar iqtisodiyotimizga har yili 1 milliard dollar zarar keltirishi hisob-kitob qilingan. Tez yordamdagi jami chaqiruvlarning toʻrtdan biri surunkali kasalliklari bor bemorlarga toʻgʻri kelmoqda.

Masalan, Fargʻonadagi 12 ta mahallada oʻtkazilgan oʻrganishda har 10 nafar bemordan 8 nafari oilaviy shifokorni chetlab oʻtib, shifoxonaga yoki xususiy klinikaga borayotganini aytgan. Xorazmda esa bemorlar oilaviy shifokorni emas, tez yordamni afzal koʻryapti. Sodda qilib aytganda, tez yordam xuddi poliklinikadek boʻlib qolgan.

Andijon, Namangan va Samarqand shahrida poliklinika shifokori kuniga 50-60 nafar bemorni qabul qilayapti. Bu hech qanday tibbiy standartlarga toʻgʻri kelmaydi.

Buxoroda oilaviy shifokorlar profilaktika, skrining va davolash bilan shugʻullanish oʻrniga bemorni shifoxonaga yoʻnaltiruvchi “dispetcher” boʻlib qolgani qayd etildi.

Bu masalalarni na sogʻliqni saqlash masʼullari, na hokimlar oʻylab koʻrmagani qayd etildi.