Bolalar ombudsmani maʼlum qilishicha, murojaatda voyaga yetmagan nevarasi D.R (2023-yilda tugʻilgan) ning otasi vaqtincha hibsxonada, onasi esa migratsiya markazida saqlanayotganligi sababli 2 yoshli farzandi Rossiya Federatsiyasida ota-ona qaramogʻisiz qolganligi, hozirda Nijniy Novgorod shahar bolalar shifoxonasida ekanligini bildirib, nevarasini Oʻzbekistonga qaytarilishida koʻmak soʻragan.

Bolalar ombudsmani, Ichki Ishlar vazirligi, Oʻzbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi Bosh konsulligi vakillari hamkorligida bolaning Oʻzbekistonga qaytarish choralari koʻrilib, hujjatlar rasmiylashtirildi.

Shuningdek, Bosh konsullik saʼy-harakatlari bilan bolaning onasi ham Oʻzbekistonga farzandi bilan qaytishi uchun choralar koʻrildi va shu yilning 16-may kuni qizcha onasi hamrohligida Oʻzbekistonga olib kelindi va buvi bilan yashash manziliga yetkazildi.