Qayd etilishicha, shu yilning 19-may kuni soat taxminan 18.30 larda Yunusobod tumani Yunusobod Dehqon bozori hududida xizmat olib borayotgan Yunusobod tumani IIO FMB Post-patrul xizmati inspektori safdor I.Ibragimov yer osti tushish yoʻli oldida oʻtib ketayotgan fuqaro oʻzining xatti-harakatlari bilan shubha uygʻotganligi sababli, uni toʻxtatib tekshirayotgan vaqtida, yonida boʻlgan pichoq bilan toʻsatdan xodimga hujum qilib, boʻyin qismiga jarohat yetkazgan.

Xodim tezkorlik bilan kasalxonaga yotqizilib, uning hayotini saqlab qolingan va olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida gumondor shaxs protsessual tartibda ushlangan.

Maʼlumotlarga koʻra, gumonlanuvchi 1963-yilda Jizzax viloyatida tugʻilgan, Jizzax viloyati Paxtakor tumanida yashovchi Xasanov Akrom Tursunovich boʻlib, 2005-yildan beri ruhiy kasalliklar dispanserida roʻyxatda turadi.

Hozirda holat yuzasidan Yunusobod tumani prokuraturasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 25-97 moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ushbu shaxsning harakatlaridan jabrlangan fuqarolar boʻlsa, yaqin oradagi ichki ishlar organlariga yoki 102 qisqa raqamiga murojaat qilishlarini soʻraymiz, — deyiladi xabarda.